O'zbekiston bokschilari Osiyoda tengizligini yana bir bor isbotlashdi

Sport

Tailandda boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z yakuniga yetdi. Erkaklar o‘rtasidagi bellashuvlar O‘zbekiston terma jamoasining peshqadamligi bilan yakunlandi. O'zbekistonliklar hamon Osiyoda tengsiz ekanliklarini ko‘rsatishdi.

O'zbekiston bokschilari Osiyoda tengizligini yana bir bor isbotlashdi
Bugun final bahslarida ringga ko‘tarilgan 10 nafar sportchilaridan 8 tasi g‘alaba qozonib, qit’a birinchiligining g‘olibiga aylanishdi.

Yakunda erkaklar terma jamoasida 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi.

Oltin medal:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Mujbillo Tursunov
-71 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: To‘rabek Habibullayev

Kumush medal:
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-86 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev

Bronza medal:
+92 kg: Jahongir Zokirov

Eslatib o‘tamiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasida 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egallashgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing