O‘zbekiston charm-poyabzal mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish yo’lida nimalar bajarilmoqda?

O'zbekiston

26-aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi xodimlari va “O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati ishtirokida “Charm-poyabzal mahsulotlari va ularni eksport qilishda yuzaga keladigan muammolar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining matbuot qizmati xabar berdi.

O‘zbekiston charm-poyabzal mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish yo’lida nimalar bajarilmoqda?
Qayd etilishicha, muloqotda mamlakatimizning barcha viloyatlaridan 40 dan ortiq charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi va eksport qiluvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

Ochiq muloqotda tadbirkorlarning ishlab chiqarish va eksport faoliyatida yuzaga kelayotgan tizimli va individual muammolar muhokama qilindi. Xususan, charm-poyabzal mahsulotlarining qo‘shilgan qiymatini oshirish, tashqi bozorlarni diversifikatsiya qilish, xomashyo bazasini kengaytirish, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Tadbirkorlar tomonidan shaxsiy tajribaga asoslanib ilgari surilgan 25 ta innovatsion taklif tahlil va markazlashgan yechimlarni ishlab chiqish uchun qabul qilindi.

Davra suhbati yakunida barcha muammoli masalalarni hal etish mexanizmlarini o'z ichiga olgan “Yo'l xaritasi” shakllantirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing