O‘zbekiston delegatsiyasi Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarida rekord tarkib bilan qatnashadi
Sport
2025-yilning 7-14 fevral kunlari Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada O‘zbekiston delegatsiyasi o‘z tarixidagi eng katta tarkib bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Musobaqada mamlakat sharafini 6 sport turi bo‘yicha jami 24 nafar atlet himoya qiladi. Bu nafaqat qatnashchilar soni, balki ishtirok etiladigan sport turlari bo‘yicha ham O‘zbekistonning qishki Osiyo o‘yinlaridagi eng keng qamrovli ishtiroki hisoblanadi.
O‘zbekiston delegatsiyasi quyidagi sport turlari bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etadi:
Short-trek: Daniil Yeybog, Denis Ayrapetyans
Konkida yugurish: Danila Semerikov
Tog‘ chang‘isi: Medet Nazarov, Arman Gayupov, Nikita Gorkovskiy, Sabina Rejepova, Valeriya Kovalyova, Kseniya Grigoreva, Mariya Morozova
Chang‘i alpinizmi: Mohinur Aralova, Feruza Boboqulova, E’zoza Shaymardanova, Asila Shoyimova, Jasur Shamsiddinov, Maqsudxon Akobirov, Shohruh Sardorov, E’zozbek Xushvaqtov
Figurali uchish: Yekaterina Geynish, Dmitriy Chigirev, Niginabonu Jamoliddinova, Sevinch Rahimova
Biatlon: Rolan Raimqulov, Dilmurod Abdurahmonov
Xarbin-2025 qishki Osiyo o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 7-fevral sanasiga belgilangan. Shu kundan boshlab O‘zbekiston sportchilari o‘z bellashuvlarini boshlaydi.
O‘zbekiston delegatsiyasining bu galgi ishtiroki mamlakat qishki sporti rivojida yangi bosqich bo‘lishi kutilmoqda.

Powered by Froala Editor