O‘zbekiston dunyoning eng xavfsiz 25 mamlakati qatoriga kiradi
O'zbekiston
Numbeo tahliliy portali ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2025-yil uchun global xavfsizlik reytingida Rossiya, Qozog‘iston va Ukrainani ortda qoldirib, 25-o‘rinni egalladi. Yetakchi sifatida BAA tan olingan.
Numbeo tahliliy platformasi dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar va mintaqalarning yangi reytingini e’lon qildi. Tadqiqot foydalanuvchilarning subyektiv xavfsizlik hissi, jinoyatchilik darajasi, shuningdek, politsiyaga bo‘lgan ishonchini baholaydigan global so‘rovlar ma’lumotlariga asoslangan.
Ro‘yxatda birinchi o‘rinni shaxsiy xavfsizlik va jamoat barqarorligi uchun yuqori baholangan Birlashgan Arab Amirliklari egalladi. Yetakchi o‘ntalikka Andorra, Qatar, Tayvan, Makao, Ummon, Men oroli, Gonkong, Armaniston va Singapur ham kirdi.
O‘zbekiston reytingda 25-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz davlatga aylandi. Boshqa davlatlarga nisbatan:
Ozarbayjon - 35-o‘rin
Rossiya - 52
Qozog‘iston - 73-chi
Ukraina - 81-chi
Qirg‘iziston - 101-o‘rin
Turkmaniston va Tojikiston reytingga kiritilmagan.
Ro‘yxatning so‘nggi o‘rinlarida ko‘cha jinoyatchiligi, zo‘ravonlik va korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qayd etilgan. Top-10 eng xavfli davlatlar qatoriga Gaiti, Papua-Yangi Gvineya, Venesuela, Afg‘oniston, JAR, Gonduras, Trinidad va Tobago, Suriya, Yamayka va Peru kirdi.
Numbeo hisoboti rasmiy davlat statistikasiga emas, balki haqiqiy odamlarning fikriga tayanadi: xavfsizlik indeksi foydalanuvchilarning o‘g‘irlik, hujum, vandalizm va kecha-yu kunduz o‘zini xavfsiz his qilish haqidagi savollariga bergan javoblari asosida hisoblanadi.

Powered by Froala Editor