O‘zbekiston eng yirik oltin qazib oluvchi 10 ta davlat qatoriga kirdi
O'zbekiston
O‘zbekiston dunyoning eng yirik oltin qazib oluvchi o‘nta davlati qatoriga kirdi va global oltin sanoatidagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda.
Karavan Info axborotiga ko‘ra, 2024 yilda jahon bo‘yicha oltin qazib olish hajmi 3 600 tonnani tashkil etdi. Bu 2023 yilga nisbatan atigi 0,5 foiz ko‘p. Biroq sanoat hamda moliya bozorlarida oltin narxiga qiziqish yuqori darajada qolmoqda.
Reytingda an’anaviy ravishda Xitoy, Rossiya va Avstraliya yetakchilik qilmoqda. Kuchli beshlikka Kanada va AQSh ham kirdi. O‘zbekiston esa ilk o‘nlikdan joy olib, yirik ishlab chiqaruvchilar safida mustahkam o‘rnini ko‘rsatdi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oltin qazib olish uzoq yillardan beri O‘zbekiston eksport salohiyatining asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. O‘nta yetakchi davlat qatoriga kirish mamlakatga iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, moliya tizimini rivojlantirish va xorijiy investitsiyalarni jalb etishda katta imkoniyatlar yaratadi.

Powered by Froala Editor