O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyaga sayohatlari 19,7 foizga oshdi

Dunyo

2024 yilning yanvar-iyul oylarida turistik maqsadlarda Turkiyaga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni 123 ming nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 19,7 foizga oshgani kuzatildi.

O‘zbekiston fuqarolarining Turkiyaga sayohatlari 19,7 foizga oshdi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaga sayohat qilgan O‘zbekiston fuqarolarining aksariyati dam olish uchun borgan bo‘lib, ularning soni 95 mingdan oshdi. Qarindoshlarni yo‘qlash maqsadida 23 mingdan ortiq fuqaro Turkiyaga yo‘l olgan.

Shuningdek, davolanish maqsadida safar qilganlar soni 1,7 ming nafarni tashkil etgan bo‘lsa, o‘qish uchun borganlar soni 1,2 ming kishini tashkil etdi. Xizmat yuzasidan Turkiyaga safar qilganlar esa 1 ming nafardan oshdi.

Bu raqamlar O‘zbekiston fuqarolari orasida Turkiyaga bo‘lgan qiziqishning ortayotganini, ayniqsa dam olish va qarindoshlar bilan ko‘rishish maqsadida safarlar ko‘payayotganini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing