O‘zbekiston G‘azo sektori aholisi uchun 1,5 million dollar ajratadi

Dunyo

O‘zbekiston G‘azo sektori aholisiga har tomonlama yordam ko‘rsatish uchun BMTning Yaqin Sharq bo‘yicha agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratadi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev navbatdagi videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi.

O‘zbekiston G‘azo sektori aholisi uchun 1,5 million dollar ajratadi
«Ma'lumki, Isroil armiyasi va Xamas harakati o‘rtasida davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar gumanitar inqirozni chuqurlashtirmoqda, tinch, begunoh aholi orasida ko‘p sonli qurbonlarga olib kelmoqda.

Men G‘azo sektori aholisiga baholi qudrat yordam ko‘rsatish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharq agentligiga 1 million 500 ming dollar ajratish haqida qaror qabul qildim», - dedi Prezident Mirziyoyev.

Shuningdek, u Falastin va Isroil tomonida halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing