O'zbekiston Germaniyaga katta moash evaziga hamshiralar yetkazib berishni rejalashtirmoqda

O'zbekiston

Germaniyaning hamshiralarga bo‘lgan talabi ortganligi sababli, O'zbekistondagi 14 ta tibbiyot texnikumi 2025-yildan boshlab Germaniya standartlariga asoslangan o‘qitishni boshlaydi. Bu tashabbus nafaqat tibbiyot sohasida, balki boshqa kasb-hunar yo‘nalishlarida ham xorijiy tajribalarni qo‘llash orqali xalqaro talabga mos kadrlar tayyorlashga qaratilgan.

O'zbekiston Germaniyaga katta moash evaziga hamshiralar yetkazib berishni rejalashtirmoqda

2025-yildan boshlab Abu Ali ibn Sino nomidagi 14 ta tibbiyot texnikumi nemis standartlariga o‘tkaziladi. Ular 3 yillik o‘qitish jarayonida talabalarni B2 darajadagi nemis tili sertifikati va xalqaro diplom olishga tayyorlaydi.

Bu imkoniyat, ayniqsa, Germaniyada tibbiyot sohasida ishlashni orzu qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun katta qulaylik yaratadi. Bitiruvchilar Germaniyada mehnat qilish uchun zarur bo‘lgan malaka va til ko‘nikmalarini qo‘lga kiritadi.

Germaniyaning Simson Private Akademie, SHB West kabi kompaniyalari bilan birgalikda 13 ta qo‘shma o‘quv kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, Koreyaning Hyundai va Samsung kompaniyalari bilan hamkorlikda talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha o‘quv dasturlari joriy qilinadi. Bu kurslar o‘quv binolari va yotoqxonalari bilan ta’minlangan holda amalga oshiriladi.

2024-yilda Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasida imzolangan migratsiya va mobillik bo‘yicha hukumatlararo bitimlar ushbu hamkorlikni yanada mustahkamlaydi. Ushbu kelishuv doirasida, 2024-yilning o‘zida 800 nafar o‘zbekistonlik hamshira Germaniyaga yuborilib, ular kamida 2200 yevrodan maosh olishadi.

O‘zbekistondagi kollejlar texnikumlarga aylantirilmoqda. Ularning ba‘zilari akademik mustaqillik va pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi. Texnikumlarda Britaniyaning BTEC dasturi va Germaniyaning dual ta’lim tizimi joriy etilishi orqali ta’lim sifatini oshirish maqsad qilingan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing