Toshkentda Xalqaro turkiy davlatlar universiteti ochiladi
O'zbekiston
O‘zbekistonda yetakchi turk universitetlari ta’lim dasturlari asosida faoliyat yuritadigan yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etiladi. Prezident Xalqaro turkiy davlatlar universitetini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Xalqaro turkiy davlatlar universiteti nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim beradi. Universitet 2025/2026 o‘quv yilidan talabalarni qabul qilishni boshlaydi. Ta’lim yo‘nalishlari muhandislik, axborot texnologiyalari, logistika, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarni qamrab oladi.
Ta’lim jarayoni dunyo reytingining eng yuqori 1000 taligiga kirgan va o‘z sohasida yetakchi bo‘lgan Turkiyaning oliy o‘quv yurtlari dasturlari asosida tashkil etiladi. Shuningdek, xalqaro hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari va ilmiy tadqiqotlar amalga oshiriladi.
Universitetning tashkil etilishi O‘zbekistonning oliy ta’lim tizimini rivojlantirish va turkiy davlatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi.

Powered by Froala Editor