O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda

O'zbekiston

Oʻzbekiston rahbarining birinchi yordamchisi Saida Mirziyoyeva Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoni iqtisodiyotni mustahkamlash va oʻzbek xalqining turmush darajasini oshirishga qaratilgan murakkab, ammo muhim qadam ekanini taʼkidladi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lishga tayyorlanmoqda
"JSTga qoʻshilish jarayoni o‘ta murakkab ekanini tushunamiz. Hech bir davlat haqiqiy islohotlarsiz taraqqiyotga erisha olmaydi. Maqsad faqat Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlishigina emas. Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan mashaqqatli, ammo juda muhim islohotlar, birinchi navbatda, iqtisodiyotimizni barqarorlashtirish, xalqimiz turmushini yaxshilashga qaratilgan. Tashkilotga ham, butun dunyoga ham bizning ancha takliflarimiz bor. Iste’dodli va iqtidorli yoshlarga boy, Markaziy Osiyo mintaqasida aholisi eng tez sur’atlarda o‘sayotgan mamlakat sifatida jahonga yangi gʻoyalar, oʻziga xos tajribalar va xizmatlarni taqdim eta olamiz", — deb yozdi u.

JSTga a'zolik a'zo mamlakatlarga tijorat operatsiyalarida barqarorlik, bozorlarga kirish va narxlarni oldindan ko’ra bilish kabi qator afzalliklarni taqdim etadi. Mazkur omillar investitsiyalarni jalb qilishga ko’maklashib, iqtisodiyotning o'sishini ta'minlaydi.

O‘zbekiston 2026-yilgacha JSTga a’zo bo‘lish niyatida.

Eslatib o’tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori doktor Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qildi. Uchrashuvda mamlakatimizning JSTga qo‘shilishi borasida ko‘rilayotgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing