O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘onistonda uglevodorodlarni qazib olish uchun litsenziya oldi
O'zbekiston
O‘zbekiston kompaniyalari Afg‘onistondagi Tuti-Maydon gaz konida uglevodorodlarni qazib olish loyihasini boshladi. Bu haqda energetika vaziri Jurabek Mirzamahmudov Uzbekistan 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik kompaniyalar Afg‘oniston hududida geologik-qidiruv va qazib olish ishlari uchun rasmiy litsenziya olgan.
«Tuti-Maydon konini o‘zlashtirish ishlari allaqachon boshlangan. Shartnoma 25 yilga tuzilgan. Natijalarga qarab, loyiha yangi uchastkalarga kengaytirilishi mumkin», — dedi Mirzamahmudov.
Uning ta’kidlashicha, Afg‘onistonda barqarorlikning mustahkamlanishi uzoq muddatli energetika loyihalarini amalga oshirish uchun qulay muhit yaratadi va O‘zbekistonga Jahon okeaniga chiqishning eng qisqa yo‘lini ochadi.
Mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasidagi energetika hamkorligini rivojlantirish va mintaqaviy iqtisodiy integratsiyani mustahkamlash yo‘lida muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Powered by Froala Editor