O‘zbekiston kompaniyalari Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi

Iqtisodiyot

Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini taqdim etdi, unga birinchi bor uchinchi davlatlar, jumladan, O‘zbekiston kompaniyalari kiritildi. Sanksiyalar ro‘yxatiga turli davlatlardan jami 53 ta tashkilot kiritilgan.

O‘zbekiston kompaniyalari Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida qoldi
Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalar ro‘yxatiga, Bryussel bayonotiga ko‘ra, sanksiya rejimini chetlab o‘tishda ishtirok etayotgan va Rossiya mudofaa-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlayotgan 53 ta tashkilot kiritilgan. Ular orasida Rossiyaning 19 ta kompaniyasi, shuningdek, Xitoy, Hindiston, Qozog‘iston, BAA, Turkiya, Singapur va O‘zbekiston korxonalari bor.

Ro‘yxatdagi yagona O‘zbekiston kompaniyasi - mexanik dastgohlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Uzstanex. 2024-yilning kuzida u AQSH va Buyuk Britaniya sanksiyalari ostiga tushgan edi.

Sanksiyalar Rossiya moliya sektoriga ham ta’sir ko‘rsatdi. YeI Rossiyaning 13 ta mintaqaviy bankini SWIFT’dan uzib qo‘ydi. Bundan tashqari, birinchi marta Rossiya xabarlarni uzatish tizimidan foydalanadigan xorijiy moliya institutlari uchun tranzaksiyalarga cheklovlar joriy etildi.

Bundan tashqari, 48 nafar jismoniy shaxs va 35 ta tashkilot "qora ro‘yxat"ga kiritilgan, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning "yashirin floti"ga kiritgan 74 ta kema ham taqiqqa uchragan. OAV ham zarba ostida qoldi - Rossiyaning bir qator nashrlarining translyatsiyasi Yevropa Ittifoqi hududida taqiqlangan.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi Rossiyaga eksport qilish taqiqlangan ikki maqsadli tovarlar, jumladan, dronlarni boshqarish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan xrom birikmalari, SDB dasturiy ta’minoti va o‘yin kontrollerlari ro‘yxatini kengaytirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing