O‘zbekiston MTJning sobiq hujumchisi Bikmayev futbolchilik faoliyatini yakunladi
Sport
Bikmayev O‘zbekiston MTJ libosida ilk bor 2004-yil 31-mart kuni Xitoy Taypeyiga qarshi bahsda maydonga tushgan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Marat Bikmayev 37 yoshda futbolchilik faoliyatini yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi ma’lum qildi.
Bikmayev O‘zbekiston MTJ libosida ilk bor 2004-yil 31-mart kuni Xitoy Taypeyiga qarshi bahsda maydonga tushgan. U milliy jamoa safida 58 ta uchrashuvda 9 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.
Bikmayev turli yillarda “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “So‘g‘diyona”, “Dinamo”, “Krilya Sovetov”, “Alaniya” va “Aktobe” klublari sharafini himoya qilgan. O‘zbekiston chempionati 2017-yilgi mavsumining eng yaxshi to‘purari, shuningdek, yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Powered by Froala Editor