Oʻzbekiston OIIBning 2024-yilgi yillik yig‘ilishiga mezbonlik qiladi

Iqtisodiyot

O‘zbekiston Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalari bankiga 2016-yil 30-noyabrda a’zo bo‘lgan. Bugungi kunga qadar OIIBning Oʻzbekistondagi kengroq investitsiya portfeli energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport va tibbiyot sohalarida qiymati 2,4 milliard AQSh dollardan ortiq boʻlgan 13 ta loyihani oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston OIIBning 2024-yilgi yillik yig‘ilishiga mezbonlik qiladi
Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalari banki (OIIB) Boshqaruv kengashining 9-yillik yig‘ilishi 2024-yil sentabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Misrning Sharm al-Shayx shahrida boʻlib oʻtgan 2023-yilgi OIIB yillik yig‘ilishi yakunlanishi va 2024-yilgi OIIB yillik yig‘ilishini mezbon davlatga topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosimda maʼlum qilindi.

Marosimda OIIBning O‘zbekiston bo‘yicha gubernatori, 2024-yil uchun OIIB Boshqaruv kengashi raisi va OIIBning 2024-yilgi yillik yig‘ilishiga mezbon janob Laziz Qudratov tantanali ravishda OIIBning Misr bo‘yicha gubernatori, 2023-yil uchun OIIB Boshqaruvchilar kengashi raisi va 2023-yilgi OIIB yillik yig‘ilishining mezboni doktor Mohamed Maaitdan mezbonlik timsoli bo‘lgan bolg‘achani qabul qilib oldi.

“Biz O‘zbekiston va Misr hukumatlari tomonidan doimiy qo‘llab-quvvatlanayotganimizni qadrlaymiz. OIIBning yillik yig‘ilishlari bankimizning strategik yo‘nalishi va tashabbuslari bo‘yicha aksiyadorlarimizdan ilg‘or tajriba va imkoniyatlarni mulohaza qilish hamda barqaror iqtisodiy o‘sish va ijobiy ta’sirga erishish strategiyalarini aniqlash uchun muhim platformadir", dedi OIIB Prezidenti Szin Litsyun.

“Biz 2024-yilgi OIIBning 9-yillik yig'ilishida Bank va hurmatli a’zolarimizni Samarqandda samimiy kutib olishdan mamnunmiz. Biz ushbu yillik almashinuvda OIIBni qo‘llab-quvvatlashni va OIIB hamjamiyati umumiy maqsadlarimizga erishish uchun qanday hamkorlik qilishi mumkinligi bo‘yicha keyingi muloqotlarda qatnashishni intiqlik bilan kutamiz. Shuningdek, ushbu tadbir biz uchun Bank bilan mustahkam hamkorligimizni namoyish etish va Bankning O‘zbekiston hamda Markaziy Osiyodagi ulkan hissasini ta’kidlash uchun qimmatli imkoniyat bo‘ladi”, dedi Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing