O‘zbekiston “O‘rta yo‘lak”ni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda

Iqtisodiyot

Oʻzbekiston “O‘rta yo‘lak”ni yanada rivojlantirishda faol rol oʻynaydi. Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutining siyosiy eksperti, katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarov Trend axborot agentligiga ma’lum qildi.

O‘zbekiston “O‘rta yo‘lak”ni rivojlantirishda faol ishtirok etmoqda
Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston xalqaro hamkorlikni faol rivojlantirmoqda, butun dunyo boʻylab anʼanaviy va yangi hamkorlar bilan oʻzaro manfaatli aloqalar oʻrnatmoqda. Bu mamlakatga xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish va global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlarida ishtirok etishga yordam beradi.

“Shuningdek, Oʻzbekiston oʻz milliy manfaatlarini ilgari surish va ularni jahon miqyosida himoya qilish maqsadida iqtisodiy diplomatiyani faollashtirmoqda. Mamlakat MDH davlatlari bilan anʼanaviy va strategik aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, sarmoyaviy va texnologik sohalarni rivojlantirishga intilmoqda va Yevropa bilan texnologik hamkorlik Oʻzbekistonning koʻp qirrali rivojlanishiga xizmat qilmoqda”, — dedi Ravshan Nazarov.

Eslatib oʻtamiz, “O‘rta yo‘lak” Xitoy va Yevropa Ittifoqi davlatlarining konteyner temir yoʻl yuk tashish tarmoqlarini Markaziy Osiyo, Kavkaz, Turkiya va Sharqiy Yevropa davlatlari orqali bogʻlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing