O‘zbekiston parlamenti MDH PA tantanali majlisida qatnashdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida MDH PAning 1941–1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushidagi G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali majlisida ishtirok etdi.
Tadbirda MDH ishtirokchi davlatlari parlamentlari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari ham qatnashdi.
Tantanali majlisda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva so‘zga chiqdi.
O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari tadbir ishtirokchilarini Buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, ushbu sana butun insoniyat uchun ulug‘ qadriyatlar — tinchlik, matonat va hamjihatlik timsoli ekanini taʼkidladi.
Buyuk G‘alaba — fashizmga qarshi yelkama-yelka kurashgan barcha xalqlarning umumiy zafaridir. Urush yillarida O‘zbekiston xalqining frontda ham, front ortida ham ko‘rsatgan beqiyos jasorati va mehnati alohida eʼtirof etildi.
1941–1945-yillar mobaynida mamlakatimizdan qariyb 2 million kishi safarbar qilingani, ularning yarmidan ko‘pi janglarda halok bo‘lgani, yaralangani yoki bedarak yo‘qolgani taʼkidlandi. Shu bilan birga, O‘zbekiston 1,5 milliondan ortiq evakuatsiya qilingan kishilarni — keksalar, ayollar va bolalarni, shu jumladan 250 ming yetim bolani qabul qilgani, ularga boshpana va g‘amxo‘rlik ko‘rsatgani alohida qayd etildi.
G‘alabaga olib borgan yo‘l faqat qurol bilan emas, balki front ortidagi mehnat, bag‘rikenglik va hamjihatlik tuyg‘ulari bilan ham taʼminlangan. O‘sha yillarda O‘zbekistonga 170 dan ziyod zavod va fabrikalar evakuatsiya qilinib, qisqa muddatda harbiy mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazilgan.
Bunday tarixiy sana xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalarini yana-da mustahkamlashga, yosh avlod uchun tinchlik va bag‘rikenglik sabog‘i sifatida xizmat qilishi lozimligi qayd etildi.

Powered by Froala Editor