Oʻzbekiston Prezidenti “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi

Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev TXIF doirasida Oʻzbekiston – Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.

Oʻzbekiston Prezidenti “ACWA” kompaniyasi boshqaruvi raisini qabul qildi
Ushbu mamlakat ishbilarmonlari bilan hamkorlikni yanada kengaytirish va ustuvor loyihalarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.

Saudiyaning “ACWA” va boshqa kompaniyalari bilan sermahsul sheriklik yoʻlga qoʻyilgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bu borada Toshkent investitsiya forumi doirasida yana bir qator kelishuvlarga erishilgan.

Uchrashuvda “yashil” energetika, sogʻliqni saqlash, transport, infratuzilma, turizm va boshqa yoʻnalishlardagi loyihalarni jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing