O‘zbekiston Prezidenti Anqaraga keldi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Turkiyaga rasmiy tashrif bilan keldi, deb ma’lum qilmoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.

O‘zbekiston Prezidenti Anqaraga keldi
Xabar qilinishicha, poytaxtning “Esonbug‘a” aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Anqara shahrida O‘zbekiston va Turkiya yetakchilari oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig‘ilishini o‘tkazadilar.

Muzokaralar doirasida O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport-kommunikatsiya, ta’lim va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirish masalalari atroflicha muhokama qilinadi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ilk bor ikki mamlakat yetakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing