Oʻzbekiston Prezidenti Bishkek shahriga keldi

O'zbekiston

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yigʻilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda ishtirok etish uchun Bishkek shahriga keldi.

Oʻzbekiston Prezidenti Bishkek shahriga keldi
“Manas” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Adilbek Qasimaliyev va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Bugun Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi hamda VI Butunjahon koʻchmanchilar oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing