O‘zbekiston Prezidenti Germaniyaga jo‘nab ketdi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsning taklifiga binoan 28-sentabr kuni amaliy tashrif bilan Berlin shahriga jo‘nab ketdi.

O‘zbekiston Prezidenti Germaniyaga jo‘nab ketdi
Avval xabar qilinganidek, davlatimiz rahbari Germaniya poytaxtida bir qator rasmiy va ishbilarmonlik uchrashuvlarini o‘tkazadi, Markaziy Osiyo va Germaniya davlat rahbarlari formatidagi tadbirlarda ishtirok etadi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 2 may kuni Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga davlat tashrifi bilan tashrif buyurgan, hamda ko'p qirrali hamkorlik bo'yicha qator kelishuvlarga erishilgan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing