Oʻzbekiston Prezidenti Islomobodda yetakchi Pokiston kompaniyalari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Iqtisodiyot
Islomoboddagi oʻzbek-pokiston biznes-forumi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yetakchi pokiston kompaniyalari rahbarlari bilan bir qator ishbilarmonlik uchrashuvlarini oʻtkazdi.
HRL Group raisi Zahid Rafiq bilan uchrashuvda mis, oltin va kritik minerallarni oʻrganish boʻyicha qoʻshma geologik tadqiqotlar muhokama qilindi. Prezident kompaniyaning Islomoboddagi Imom Buxoriy majmuasi va Samarqanddagi mehmonxona qurilishi tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi.
Engro Group raisi Ahsan Zafar Sayed bilan uchrashuv kimyo sanoati loyihalari va chorvachilik mahsulotlari yetkazib berishda hamkorlik masalalariga bagʻishlandi. Kompaniya energetika, neft-kimyo va qishloq xoʻjaligida katta tajribaga ega.
Prezident Gohar Textile asoschisi Gouhar Mustafay bilan hamkorlik istiqbollari boʻyicha uchrashuv oʻtkazdi. Oʻzbekistonda toʻqimachilik mahsulotlarini birgalikda ishlab chiqarish va mahalliy korxonalarni xalqaro yetkazib berish zanjirlariga integratsiya qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Go Group bosh ijrochi direktori Dur Muhammad Ayub bilan uchrashuvda chorvachilik mahsulotlarini toʻliq qayta ishlashga moʻljallangan agroklaster yaratish rejalari qoʻllab-quvvatlandi. Kompaniya Pokistonda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatida yetakchidir.
Uchrashuvlar ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va oʻzbek korxonalarini xalqaro ishlab chiqarish hamda savdo zanjirlariga integratsiya qilishga qaratilgan.

Powered by Froala Editor