O‘zbekiston Prezidenti maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazdi
O'zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv o‘tkazib, unda 2025-yilga mo‘ljallangan islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Mamlakatning investitsiya salohiyatini ilgari surish, Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, davlat xizmatchilarining yetakchi xalqaro oliy o‘quv yurtlarida malaka oshirish dasturi diqqat markazida bo‘ladi.
Bo‘lajak "roud-shou" va Toshkent xalqaro investitsiya forumiga alohida e’tibor qaratilib, unga yirik xorijiy kompaniyalar va moliya tashkilotlarini jalb qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi huzurida Toshkent xalqaro tijorat sudini ishga tushirish va O‘zbekistonning jahon reytinglaridagi o‘rnini mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv mamlakatimizning iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish borasidagi strategik yo‘nalishini tasdiqladi.

Powered by Froala Editor