O‘zbekiston Prezidenti Belarusga jo‘nab ketdi
O'zbekiston
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Tashrif Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi doirasida o‘tkazilmoqda.
O‘zbekiston rahbari sammit tadbirlarida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi huzuridagi kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Powered by Froala Editor