Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali sheriklikni yanada kengaytirish muhimligini taʼkidladi
Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev beshinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Oljas Bektenovni qabul qildi.
Suhbat avvalida Oljas Bektenov davlatimiz rahbariga Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
Oʻzbekiston – Qozogʻiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Barcha darajalardagi faol muloqot mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboshlash hajmlari oʻsib, yaqinda qabul qilingan yangi “yoʻl xaritasi” asosida iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish davom etmoqda.
Iyul oyida boʻlib oʻtadigan Hukumatlararo komissiya yigʻilishi hamda Aqtau shahrida oʻtkaziladigan hududlar rahbarlarining birinchi Kengashiga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligi taʼkidlandi.

Powered by Froala Editor