O‘zbekiston Prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'anni qutlug‘ yoshi bilan tabrikladi
Siyosat
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-fevral kuni telefon orqali muloqot chog‘ida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga samimiy tabrik yo‘lladi. Shavkat Mirziyoyev Rajab Toyyib Erdo‘g‘anga mustahkam sog‘lik va davlatining ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Shavkat Mirziyoyev Prezident Erdo‘g‘anning Turkiya rivojidagi ahamiyatini e’tirof etib, uning O‘zbekiston-Turkiya munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini alohida ta’kidladi. O‘tgan yili qo‘shma korxonalar va sarmoyaviy loyihalar soni sezilarli darajada oshdi, shuningdek, sayyohlar almashinuvi, savdo-iqtisodiy hamkorlik ko‘lami kengaymoqda.
Suhbat chog‘ida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazish rejalari muhokama qilindi. Prezidentlar ikki davlat oʻrtasidagi Hukumatlararo komissiya faoliyatini kuchaytirish muhimligini taʼkidladilar.
Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik masalalari, jumladan, ularning Turkiy davlatlar tashkilotidagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi, O‘zbekiston va Turkiya ko’plab sohalarda o‘zaro yaqinlashishi muhimligi ta’kidlandi.

Powered by Froala Editor