O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi

Dunyo

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-may kuni amaliy tashrif bilan Moskva shahriga keldi. Bu haqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Federatsiyasiga keldi
“Vnukovo” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yubiley yig‘ilishida hamda Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing