O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi

O'zbekiston

3-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifi yakunlandi.

O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga rasmiy tashrifi yakunlandi
Tashrif dasturida Tyantszin shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT sammitida ishtirok etish va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surish, Pekinda Xitoy Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish va natijada ustuvor yo‘nalishlarda hujjatlar paketini imzolash bo‘ldi.

Shuningdek, Prezident Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Bosh vaziri Li Syan hamda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va yirik kompaniyalar vakillari bilan uchrashdi. Tashrif yakunida davlat rahbari Ikkinchi jahon urushi tugaganining 80 yilligiga bag‘ishlangan G‘alaba paradida ishtirok etdi.

Tadbirlar yakunida Prezident Toshkentga qaytdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing