O‘zbekiston Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oldi

Sport

O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida J guruhidan joy oldi. Terma jamoamizga Paragvay, Panama va Irlandiya terma jamoalari raqiblik qiladi.

O‘zbekiston Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatidagi raqiblarini bilib oldi
Joriy yilning 3-27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi J guruhidan joy oldi.

O‘zbekiston terma jamoasining guruh bosqichidagi raqiblari Paragvay, Panama va Irlandiya terma jamoalari bo‘ladi. O‘zbekiston terma jamoasi dastlabki o‘yinni 5 noyabr kuni Paragvayga qarshi o‘tkazadi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, J guruhi tarkibi yaxshi sport formasida bo‘lgan va musobaqaga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston terma jamoasi uchun qulay hisoblanadi. Terma jamoa murabbiylar shtabi bo‘lajak raqiblarni chuqur tahlil qilishga kirishdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing