O‘zbekiston Qorabog‘dagi madaniy obidalarni tiklashga o'z hissasini qo'shishga tayyor

O'zbekiston

Shusha — Ozarbayjon tarixiy adolatni tiklaganini, Qorabog' hududini qaytarib olganligini tasdiqlovchi muqaddas joydir. Bu O'zbekistonning do'sti bo'lgan Buyuk rahbar Haydar Aliyevning eng katta orzusi edi. Uning istagini Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

O‘zbekiston Qorabog‘dagi madaniy obidalarni tiklashga o'z hissasini qo'shishga tayyor
Bu haqda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi Aktam Xaitov 15-iyun kuni Shushada bo'lib o'tgan “Turkiy davlatlar tashkiloti: geosiyosiy voqeliklar va global kataklizmlar fonida yangi strategik maqsadlar sari” xalqaro konferensiyasida so'zladi.

Ozarbayjonni O‘zbekistonning vaqt sinovidan o‘tgan ishonchli hamkori sifatida baholagan Aktam Xaitov Ozarbayjon va O'zbekiston mushtarak til va an'analarga ega ikki do'st davlat ekanini ta'kidladi.

"Ikkala davlat rahbarlari oʻrtasidagi doʻstona va ishonchli munosabatlar hamkorligimizni kengaytirishga xizmat qilmoqda. Davlatimiz rahbari Oʻzbekiston Qorabogʻ zaminidagi madaniy obidalarni tiklashga hissa qoʻshishga tayyor ekanini bir necha bor taʼkidlagan. Oʻtgan yili Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan birgalikda O‘zbekiston ko‘magida Fuzuliy tumanida barpo etilgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-maktabning ochilish marosimida ishtirok etdi. Ishonchimiz komilki, maktab chin do'stlikning ramziga aylandi", — deya qo'shimcha qildi u.

15-iyun kuni Shusha shahrida Yangi Ozarbayjon partiyasi (YAP) tomonidan tashkil etilgan “Turkiy davlatlar tashkiloti: geosiyosiy voqeliklar va global kataklizmlar fonida yangi strategik maqsadlar sari” mavzusida xalqaro konferensiya ish boshladi. Xalqaro konferensiyada 300 ga yaqin mehmonlar, jumladan Turkiy Davlatlar Tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlarning hukmron partiyalari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 10–14-iyun kunlari poytaxtimiz Toshkentda Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ozarbayjon madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing