Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻldi!

O'zbekiston

Bugun, 10-dekabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻldi. 1992-yilning aynan shu kuni davlat madhiyasiga oid qonun qabul qilinib, yurtimizning muhim timsoli, ramzi boʻlmish madhiyamiz tadbiq etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganiga 32 yil toʻldi!
Davlat madhiyasining soʻzlari Oʻzbekiston Qahramoni, Xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yaratilgan boʻlsa, musiqasi mashhur kompozitor, atoqli sanʼatkor Mutal Burhonov qalamiga mansubdir.

Ushbu asar xalqimizning orzu-umidlari, vataniga boʻlgan mehri va shonli tarixini oʻzida mujassam etgan.

Madhiyamizning jahon arenalarida yangrashi, bayrogʻimizning yuksak koʻtarilishi qalblarimizda gʻurur uygʻotib, har bir vatandoshimizni yanada oliy marralarni zabt etishga undaydi.

Hamisha bayrogʻimiz yuksakda porlab, madhiyamiz baralla yangrasin!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing