O'zbekiston Rossiya Federatsiyasi bilan kino ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi
O'zbekiston
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-52-sonli Prezident qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi Hukumatlari o‘rtasida birgalikda kino ishlab chiqarish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma tasdiqlandi.
Shartnoma 2024-yil 27-may kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Madaniyat vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi.

Powered by Froala Editor