Oʻzbekiston Senati raisi Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashdi

Siyosat

Oʻzbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar, migratsiya masalalari hamda parlamentlararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

Oʻzbekiston Senati raisi Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashdi
"Biz Oʻzbekistonni Rossiyaning 10 ta ishonchli hamkoridan biri deb hisoblaymiz va mamlakatlarimiz oʻrtasida shakllangan mustahkam doʻstlik va ishonchli sheriklik siyosatini qoʻllab-quvvatlaymiz", — dedi Volodin.

Eslatib o'tamiz kuni kecha 13-mart kuni, Rossiya Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga kelgan edi.

Bundan oldin, 2022-yil 28-noyabr kuni Vyacheslav Volodinning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi chog‘ida Davlat Dumasi va O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida Parlamentlararo hamkorlik komissiyasini tuzish bo‘yicha kelishuv imzolangan edi.

Mazkur komissiyaning birinchi yig‘ilishi 2024-yil 19-fevral kuni bo‘lib o‘tgan bo‘lib, uni Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin va Qonunchilik palatasi raisi Nuriddin Ismoilov boshqargan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing