O‘zbekiston snayperlari "O‘tkir qilich"ni zabt etdi
O'zbekiston
O‘zbekiston harbiylari Xitoyda bo‘lib o‘tgan xalqaro snayper turnirida yuqori natijalar ko‘rsatib, 25 davlat vakillarini ortda qoldirishdi.
O‘zbekiston snayperlar jamoasi Xitoyning Urumchi shahrida o‘tkazilgan nufuzli “O‘tkir qilich–2025” xalqaro musobaqasida yuqori darajadagi tayyorgarligini namoyish etdi. Turnirda Janubiy Koreya, Rossiya, Ispaniya, Indoneziya, Vengriya, Kuba va boshqa davlatlardan 45 jamoa ishtirok etdi.
O‘zbekiston vakillari ikki eng murakkab yo‘nalish bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi:
1,2 km masofada 24 nishonni tezkor aniqlik bilan yakson qilish;
shaharlik muhitda 100 dan 650 metrgacha masofadagi 6 nishonni yo‘q qilish.
Bundan tashqari, jamoamiz sakkizta medal, o‘nta diplom va boshqa turli faxriy mukofotlarni qo‘lga kiritdi.
Bu g‘alaba O‘zbekiston Milliy gvardiyasining jangovar tayyorgarligi va snayperlarining yuqori professionalligini tasdiqlaydi. Turnirdagi muvaffaqiyat mamlakatning mudofaa va xavfsizlik sohasidagi xalqaro nufuzini yanada mustahkamladi.

Powered by Froala Editor