O‘zbekiston tadbirkorlari “biznesni boshlash”dan kapitalni ko‘paytirish bosqichiga o‘tmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatida tadbirkorlar bilan VI ochiq muloqotni o‘tkazdi. Bu yil ilk bor tadbirda bevosita maydondagi qariyb 500 nafar ishtirokchi bilan bir qatorda tumanlardagi studiyalardan 25 mingga yaqin tadbirkor ham qatnashdi.
Davlat rahbari besh yil davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar doirasida biznes rivojiga to‘sqinlik qilayotgan minglab muammolar hal etilganini ta’kidladi. Shu davrda 84 ta qonun, 861 ta farmon va qaror qabul qilindi. Biznesga ajratilgan kredit portfeli qariyb uch barobar oshib, 450 trln so‘mga yetdi. Tadbirkorlar 650 trln so‘mlik soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalandi.
“Bugun tadbirkorlarimiz ‘biznesni boshlash’ bosqichidan ‘kapitalni ko‘paytirish’ bosqichiga o‘tmoqda”, — dedi Mirziyoyev.
So‘nggi besh yilda korxonalarning asosiy kapitalga investitsiyalari uch barobar oshib, 363 trln so‘mga yetdi. Ishlab chiqarish aylanmasi $100 mln.dan yuqori bo‘lgan tumanlar soni 66 tadan 116 taga, xizmatlar hajmi 1 trln so‘mdan oshgan tumanlar soni esa 41 tadan 152 taga ko‘paydi. Yetakchi xalqaro savdo maydonchalari bilan ishlayotgan korxonalar soni 3,5 mingga yetdi.
Prezident Xorazmda tadbirkorlik uchun yaratilgan imkoniyatlarga ham alohida to‘xtaldi. Qisqa vaqt ichida viloyatga $4 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilindi va 10 mingta yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. “Hazorasp” maxsus iqtisodiy zonasi va 31 ta sanoat zonasi tashkil etildi.
Xorazm iqtisodiyotining 72 foizini kichik biznes tashkil etadi. Eksportdagi ulushi esa 81 foizga yetgan. Haftalik aviaqatnovlar soni 16 tadan 102 taga, temir yo‘l qatnovlari 8 tadan 41 taga oshdi. Turizm infratuzilmasi ham kengaymoqda.
Kelgusi ishlarning asosiy yo‘nalishlari sifatida tadbirkorlikning barqaror o‘sishi, hududlardagi biznes imkoniyatlarini kengaytirish, “sun’iy intellekt — boshqaruv samaradorligi — yangi investitsiyalar” tizimini rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va biznesga ma’muriy bosimni qisqartirish belgilandi.

Powered by Froala Editor