O‘zbekiston tashqi savdo hajmi yarim yilda $37 mlrd.ga yetdi

Iqtisodiyot

Milliy statistika qo'mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi hajmi 37 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 5,1 milliard dollarga yoki 16,1 foizga ko‘pdir.

O‘zbekiston tashqi savdo hajmi yarim yilda $37 mlrd.ga yetdi
2025-yilning dastlabki olti oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 37 milliard dollarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning shu davridagidan 5,1 milliard dollarga ko‘p bo‘lib, o‘sish sur’ati 16,1 foizni tashkil qildi.

Savdoning asosiy ko‘rsatkichlari:

Eksport — 16,9 milliard dollar

Import — 20,1 milliard dollar

O‘zbekiston hozirda 194 davlat bilan savdo aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdo aylanmasining yirik ulushi quyidagi mamlakatlarga to‘g‘ri kelmoqda:

Xitoy — 17,7 %

Rossiya — 16,3 %

Qozog‘iston — 6 %

Turkiya — 3,6 %

Janubiy Koreya — 2,3 %

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing