O‘zbekiston TIV rahbari Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi

Siyosat

24-mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston TIV rahbari Rossiyaning Toshkentdagi elchixonasiga tashrif buyurdi
U Moskvadagi "Krokus Siti Xoll" majmuasida sodir etilgan va ko‘plab qurbonlarga olib kelgan vahshiy terrorchilik harakati munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.

“Zo‘ravonlik va terrorizmni hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi va ularning barcha ko‘rinishlarini keskin qoralaymiz. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi jamoasi nomidan halok bo‘lganlarning barcha yaqinlari va Rossiya xalqiga yana bir bor chuqur hamdardligimizni bildiramiz”, — deb yozdi u o‘zining telegram-kanalida.

Baxtiyor Saidov Moskvadagi "Krokus Siti Xoll" majmuasida sodir etilgan mudhish terakt munosabati bilan ochilgan hamdardlik kitobiga ta'ziya so‘zlarini yozib qoldirdi.

Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Moskva yaqinidagi Krasnogorskda "Krokus Siti Xoll" konsert zalida yuz bergan otishma oqibatida 137 kishi halok boʻlgan, 182 kishi jarohatlangan. 22-mart, juma kuni kechqurun “Piknik” rok-guruhi konserti boshlanishi oldidan kamuflyaj kiygan bir guruh odamlar o‘t ochdi. Binoda yong‘in chiqqan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing