O‘zbekiston TIV rahbari Turkmaniston Elchisini qabul qildi

Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 25-mart kuni Turkmaniston Elchisi Shadurdi Meredovni qabul qildi.

O‘zbekiston TIV rahbari Turkmaniston Elchisini qabul qildi
“Bugun Tashqi ishlar vazirligida Turkmaniston Elchisi Shadurdi Meredov janoblarini qabul qildik. Tobora kengayib borayotgan ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorligimizga doir qator mavzular, mamlakatlarimiz oʻrtasida avval erishilgan kelishuvlar ijrosi, shuningdek, boʻlajak qoʻshma tadbirlar kun tartibimizdan oʻrin egalladi”, — deb yozdi Baxtiyor Saidov oʻzining telegram-kanalida.

Avvalroq Shovot tumanida tovarlarni saqlash, saralash, sotish, tashish va boshqa infratuzilmani tashkil etish uchun “O‘zbekiston – Turkmaniston” erkin savdo zonasi tashkil etilishi to’g’risida Prezident qarori qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing