O‘zbekiston uch oyda 3,6 mlrd dollar miqdorda oltin sotdi
O'zbekiston
O‘zbekiston uch oyda 3,6 mlrd dollarlik oltin sotdi. Ushbu ko'rsatgich 2025-yil 1-choragidagi respublika umumiy eksport tushumining 44 foizi oltin hissasiga to‘g‘ri keldi. Bu haqida Statistika qo‘mitasi maʼlum qildi.
Joriy yil yanvar–mart oylarida O‘zbekiston eksporti hajmi 8,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2024-yil mos davridagidan 24,4 foizga ko‘paydi. Mazkur o‘sish Markaziy bank oltinni yuqori qiymatda sotgani bilan bog‘liq.
Dastlabki chorakda mamlakat qariyb 3 mlrd 570 mln dollarlik oltin eksport qildi (jami eksportning 44 foizi). O‘tgan yillar ilk choraklaridagi ko‘rsatkichlar bilan taqqoslaganda bu ancha yuqori qiymat hisoblanadi. Masalan, 2024-yilning ilk uch oyida 2 mrld 664 mln dollarlik oltin sotilgan.
Hatto mutlaq rekord darajada (8,1 mlrd dollarlik) oltin eksport qilingan 2023-yilning yanvar–mart oylarida ham 2,4 mlrd dollarlik qimmatbaho metall sotilgandi.
Respublika 2021-yil mos davrida 1 mlrd dollarlik, 2022-yil 1-choragida 2 mlrd 970 mln dollarlik oltin eksport qilgan. 2020-yil mos davrida qimmatbaho metall sotilmagan.
Qolgan yillar 1-choraklaridagi oltin sotuvlari qiymati quyidagicha bo‘lgan:
2015-yil 823,9 mln dollar;
2016-yil 375,1 mln dollar;
2017-yil 388,7 mln dollar;
2018-yil 1,3 mlrd dollar;
2019-yil 1,2 mlrd dollar.

Powered by Froala Editor