O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi

Siyosat

Qoʻshma kommyunikeni Bahromjon A’loyev va Jeje Odongo imzoladi.

O‘zbekiston Uganda bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi
2024-yil 18-yanvar kuni Kampala shahrida (Uganda) O‘zbekiston va Uganda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

Ikki mamlakat hukumatlari nomidan hujjatni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev va Uganda Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jeje Odongo imzoladi.
Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqa o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing