O‘zbekiston va Afg‘oniston xavfsizlik bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqda
O'zbekiston
O‘zbekiston SGB rahbari Baҳodir Qurbonov Kobulda Afg‘oniston mudofaa vazirining v.b. Muhammad Yoqub Mujohid bilan uchrashdi. Tomonlar xavfsizlik, chegaradagi hamkorlik va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildi.
21-iyul kuni O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-polkovnik Baҳodir Qurbonov Kobulda Afg‘oniston milliy mudofaa vazirining vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub Mujohid bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Delegatsiya tarkibida SGB raisining o‘rinbosari general-mayor Faruh Muҳtorov va O‘zbekiston chegara qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Salimjon Xasanov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda xavfsizlik, chegaraviy hamkorlik, aloqa tizimlarini rivojlantirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi. O‘zbekiston tomoni Afg‘onistonda xavfsizlik va iqtisodiy o‘sish borasidagi ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholab, hamkorlikni kuchaytirish muhimligini ta’kidladi.
Yoqub Mujohid O‘zbekistonning xalqaro maydondagi konstruktiv pozitsiyasini e’tirof etib, qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Afg‘oniston vitse-premeri v.b. Mulla Abdul G‘ani Barodar Toshkentga tashrif buyurgan va bojxona stavkalarini kamaytirish, energetika sohasida hamkorlik va O‘zbekiston sarmoyalarini jalb qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.

Powered by Froala Editor