O‘zbekiston va Avstriya Ichki ishlar vazirliklari memorandum imzoladi
O'zbekiston
O‘zbekiston va Avstriya “xavfsizlik kamari”ni mustahkamlamoqda: Toshkentda global tahdidlarga qarshi kurashda ikki davlat hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab beruvchi strategik hujjat imzolandi. Kiberjinoyatchilikdan tortib noqonuniy migratsiyagacha — ichki ishlar vazirlari Aziz Tashpulatov va Gerxard Karner tezkor javob berish mexanizmlarini yaratish va ilg‘or raqamli tajriba almashish bo‘yicha kelishib oldilar.
7-may kuni Toshkentda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri general-leytenant Aziz Tashpulatov va Avstriya IIV rahbari Gerxard Karner o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarning asosiy natijasi huquqni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Anglashuv memorandumining imzolanishi bo‘ldi.
Tomonlar transmilliy jinoyatchilikka, jumladan, odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Kun tartibidan terrorizm, ekstremizm va xalqaro narkotrafikka qarshi kurash masalalari ham o‘rin oldi. Vazirlar “xavfsiz turizm” infratuzilmasini rivojlantirish hamda shaxsiy tarkib malakasini oshirish maqsadida ikki davlat politsiya akademiyalari o‘rtasida almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yishni muhokama qildilar.
Tashrif doirasida Avstriya delegatsiyasiga O‘zbekiston IIV tizimini raqamlashtirish borasida erishilgan yutuqlar namoyish etildi. Mehmonlar ichki ishlar organlari faoliyatiga joriy etilgan zamonaviy texnik vositalar va IT-yechimlar bilan yaqindan tanishdilar. Imzolangan hujjat kiberxavfsizlik va tezkor hamkorlik sohasida muntazam tajriba almashish uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi, bu esa zamonaviy xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish imkonini beradi.

Powered by Froala Editor