O‘zbekiston va Iordaniya diplomatlar uchun vizasiz rejimga kelishib oldi
O'zbekiston
Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi, Iordaniyaga rasmiy tashrif bilan bordi. Тashrif chog‘ida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va uning iordaniyalik hamkasbi Ayman Safodiy diplomatik pasport egalari uchun vizasiz rejim to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Ushbu qadam ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash va mamlakatlar o‘rtasidagi sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, tomonlar siyosiy muloqotni kengaytirish va xalqaro tashabbuslarni muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston va Iordaniya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2025-2027 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini tasdiqladilar.
Tashrif doirasida Saidov Iordaniya oliy ta’lim vaziri Azmi Mahafaza, investitsiyalar vaziri Xeyri Amr va vaqflar, islom ishlari va ziyoratgohlar bo‘yicha vazir Muhammad Ahmad Msallam Al-Halail bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. Qo‘shma ta’lim dasturlari, talabalar almashinuvi, investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Vizasiz rejim to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi diplomatik sheriklikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi, turli sohalarda hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochdi.

Powered by Froala Editor