O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki qo‘shma loyihalarni ikki barobarga oshiradi

O'zbekiston

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki (ITB) bilan yangi Strategik hamkorlik dasturini qabul qilish tarafdori bo‘ldi. Ushbu dastur loyihalar portfelini ikki baravar oshirishni ko‘zda tutadi.

O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki qo‘shma loyihalarni ikki barobarga oshiradi
Davlat rahbari 17-sentabr kuni Namanganda o‘tayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” forumi doirasida ITB prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashuv o‘tkazdi.

So‘nggi yillarda hamkorlik jadal rivojlanib, umumiy loyiha portfeli 5 mlrd dollardan oshdi. U transport, infratuzilma, uy-joy qurilishi, energetika, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalarini qamrab oladi. Investitsiyalarning 40 foizidan ortig‘i xususiy sektorga yo‘naltirilgan.

Prezident Mirziyoyev uzoq muddatli Strategik hamkorlik dasturini qabul qilishni taklif qildi. U infratuzilma, ijtimoiy soha va tadbirkorlikdagi loyihalarga moliyalashtirish hajmini oshirishni nazarda tutadi. Xususan, zamonaviy tibbiy markazlar qurilishi, avtomobil yo‘llarini modernizatsiya qilish, xususiy biznesni rivojlantirish va sug‘orish kanallarini betonlash alohida ta’kidlandi.

O‘z navbatida, ITB rahbari forumning muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan tabriklab, O‘zbekiston tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing