O‘zbekiston va Italiya birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
O'zbekiston
10-noyabr kuni Toshkentda boʻlib o‘tgan O‘zbekiston – Italiya sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Italiya Respublikasi Prezidentining qizi - ushbu mamlakat Birinchi xonimi Laura Mattarella bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ma’lum qilinishicha, samimiy va do‘stona muhitda o‘tgan suhbat davomida birinchi xonimlar ikki mamlakat xalqlari o‘rtasida do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlash, madaniy va gumanitar aloqalarni rivojlantirish to‘g‘risida fikr almashishgan.
Oliy martabali mehmon O‘zbekiston hunarmandchiligi namunalari bilan tanishib, an’ana va urf-odatlar namoyish etilgan.
Oliy martabali mehmon O‘zbekiston hunarmandchiligi namunalari bilan tanishib, an’ana va urf-odatlar namoyish etilgan.
Powered by Froala Editor