O‘zbekiston va Janubiy Koreya mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlikni qayta tiklamoqda

O'zbekiston

Seulda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev va Koreya Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari, Immigratsiya xizmati komissari Kim Jong Do bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya mehnat migratsiyasi bo‘yicha hamkorlikni qayta tiklamoqda
Suhbat chog‘ida o‘zbek fuqarolarining huquqlarini himoya qilish, malakalarni o‘zaro tan olish, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, noqonuniy migratsiyani kamaytirish hamda odam savdosi va jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston fuqarolarining Janubiy Koreyada mavsumiy mehnat ishlari dasturida (E-8) qayta ishtirok etishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Shuningdek, hamkorlikni chuqurlashtirish va mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish maqsadida muntazam videokonferensiyalar o‘tkazib turuvchi ishchi guruh tuzishga qaror qilindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing