Oʼzbekiston va Moʼgʼuliston Prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmonlari bilan uchrashuv oʼtkazdilar
Siyosat
Oʼzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʼgʼuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuv oʼtkazdilar, deya xabar bermoqda O‘zbekiston rahbarining matbuot xizmati.
Tadbirda Moʼgʼulistonning MCS Investment, Mongol Basalt, Tavan Bogd Group, Asia Pharma, Khanbogd Cashmere, Erdenezoo Trans, ICT Group, ORDGEO, LBH Technology, NCD Group, Mega Wood, Modern Nomads kabi yetakchi kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.
Oʼzbekiston tomonidan Basalt Uzbekistan, BMB Holding, New Way Industries, Panaev Farms, Ezel Central Asia, Azia Metall Prof, “Jizzax Jun”, Procab va boshqa xususiy kompaniyalar qatnashdi.
Taʼkidlash lozimki, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlashga qaratilgan bunday formatdagi uchrashuv Moʼgʼuliston bilan ilk bor oʼtkazildi.
“Biz mavjud salohiyat va imkoniyatlardan deyarli foydalanmayotganimizni taʼkidladik. Shu munosabat bilan yaqin yillarda oʼzaro savdoni, eng avvalo, xaridorgir mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini kengaytirish orqali karrasiga oshirish vazifasini qoʼydik”, – dedi Oʼzbekiston Prezidenti.
Bular – Moʼgʼulistonga oziq-ovqat, oʼgʼitlar, dori-darmonlar, maishiy texnika, plastmassa va rezina, qurilish materiallari, tayyor toʼqimachilik va poyabzal mahsulotlarini eksport qilish, shuningdek, yurtimizga goʼsht va goʼsht mahsulotlari, teri, jun va boshqa tayyor mahsulotlarni import qilish.
Prezident Shavkat Mirziyoyev moʼgʼulistonlik ishbilarmonlarga yurtimizda ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga tayyor ekanini aytdi.
Oʼz navbatida, Moʼgʼuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux erishilgan kelishuvlar hamda Oʼzbekistonda investorlar va tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, biznes vakillarini faol hamkorlikka va yangi loyihalar boʼyicha aniq kelishuvlarga erishishga chaqirdi.
Fikr almashish chogʼida Moʼgʼuliston tadbirkorlari Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy ahamiyatini va mamlakatda yaratilayotgan qulay investitsiyaviy va biznes muhitini yuqori baholadilar.

Powered by Froala Editor