O'zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari Toshkentda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

Siyosat

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 14-aprel kuni Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov bilan uchrashdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.

O'zbekiston va Ozarbayjon TIV rahbarlari Toshkentda ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildilar
«“Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Toshkentga tashrif buyurgan qadrli hamkasbim Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov janoblarini ko‘rishdan mamnunmiz. O‘zaro kun tartibimiz yaqin hamkorligimizning barcha jabhalarini qamrab oluvchi turli darajadagi qo‘shma tadbirlar va uchrashuvlarga boy. Ikki tomonlama munosabatlarimizda ko‘p natijalarga erishdik, oldinda bizni hali yangi marralar kutmoqda, — deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘mon, Quvayt va Bahrayn tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Eslatib oʻtamiz, bugun Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” Strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi yig‘ilishi boʻlib oʻtadi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing