O‘zbekiston va Qatar parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlaydi
O'zbekiston
O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev Qatar-O‘zbekiston do‘stlik parlament guruhi rahbari Ahmad bin Xitmi Al-Xitmi bilan uchrashdi. Muhokamalarda Sho‘ro kengashi a’zosi Saad bin Ahmad Al-Muhannadiy ham ishtirok etdi.
Tomonlar parlament aloqalarini rivojlantirish, ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuvda parlament diplomatiyasi ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishning muhim mexanizmi ekani ta’kidlandi. Tomonlar delegatsiyalar almashinuvini faollashtirish, parlamentlararo muloqotni mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha birgalikda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Muzokaralar O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi strategik munosabatlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi yana bir qadam bo‘lib, hamkorlikning yangi istiqbollarini ochdi.

Powered by Froala Editor