O‘zbekiston va Xitoy delegatsiyalari oʻrtasida muzokara boʻlib oʻtdi
Siyosat
24-yanvar kuni Pekin shahrida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning rasmiy delegatsiyalar a’zolari ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uchrashuvda, ikki davlat rahbarlari keyingi yillarda ikki tomonlama munosabatlar rivojida kuchli sur’atga erishilganini ta’kidlagan.
Shavkat Mirziyoyev XXR raisiga kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikka shaxsan e’tibor qarayotgani va qo‘llab-quvvatlayotgani uchun tashakkur bildirgan.
“Tomonlar O‘zbekistonda Xitoyning “Lu Ban ustaxonasi” professional ta’lim tizimini joriy qilish bo‘yicha pilot loyiha boshlanganini olqishladi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2023-yil yakunlari bo‘yicha tovar ayirboshlash 14 milliard dollarga yetgan. Uchrashuvda, yaqin istiqbolda buni 20 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi to‘g‘risida yakdil fikr bildirilgan.
Shuningdek, infratuzilma, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi va “yashil” energetikada texnologiyalar transferi sohalarida hamkorlik dasturlarini tayyorlash va qabul qilishga kelishib olingan.
Oʻzbekiston rahbari investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy vositalarini kengaytirish, jumladan, qo‘shma platforma yaratish borasida kelishuvlarga erishilganini, shuningdek, Xitoy Eksimbankining Toshkent shahrida Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy ofis ochish qarorini olqishlagan.
Mirziyoyev xitoylik sheriklarni O‘zbekistondagi davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirish jarayonlarida faol ishtirok etishga chaqirgan.
Bundan tashqari, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida Transmintaqaviy transport va tranzit ko‘prigining muhim tarkibiy qismi bo‘ladigan “Xitoy – Qirg‘iziston - O‘zbekiston” temir yo‘lini qurish bo‘yicha amaliy ishlarni tez fursatda boshlash muhim ekani ta’kidlangan.
Ta’lim va turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish, o‘zaro madaniyat kunlarini o‘tkazish amaliyotini davom ettirish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan va Qo‘shma Yoshlar innovatsiya forumini o‘tkazish taklif qilingan.
Rejalashtirilgan barcha tadbirlar va ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida tomonlar Hukumatlararo qo‘mita va uning barcha kichik qo‘mitalari yig‘ilishlarini joriy yilning birinchi yarmida o‘tkazishga ahdlashib olgan.
Mintaqaviy kun tartibi va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashilgan.
“Yagona Xitoy” siyosati hamda “uch yovuz kuch”ga qarshi kurashish borasidagi pozitsiya o‘zgarmas ekani tasdiqlangan.
Muzokaralar yakunida O‘zbekiston yetakchisi XXR rahbarini tashrif bilan Oʻzbekistonga kelishga taklif qilgan hamda Xitoy xalqining yaqinlashib kelayotgan xitoycha Yangi yil – “Chun Sze” bayrami bilan tabriklagan.

Powered by Froala Editor