O‘zbekiston va Xitoy hamkorlikni chuqurlashtirmoqda: yangi istiqbollar va tashabbuslar
Iqtisodiyot
Toshkentda 28-fevral kuni O'zbekiston Prezidentining XXRga davlat tashrifi yakunlariga bag'ishlangan «O'zbekiston va Xitoy: ikki mamlakat xalqlari farovonligi yo'lida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirda vazirlik va idoralar, O‘zbekiston va Xitoyning yetakchi tahliliy va tadqiqot markazlari, XXR ishbilarmon doiralari, jumladan China Energy, BYD Uzbekistan Factory, Power China, ZTE Investment va Asia Trans kabi 200 dan ortiq vakillar ishtirok etdi. Bundan tashqari, Pekin va Shanxaydan onlayn tarzda forumga bir qator yetakchi ekspertlar qo‘shildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda Xitoy bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan birinchi davlat bo‘ldi. O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining yuksak darajasi butun Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi, qurilish, turizm va ta’lim sohalarini rivojlantirishga ijobiy turtki berishi mumkin.
Keyingi yillarda O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi savdo va sarmoya almashinuvi jadal sur’atlar bilan o‘sib borayotgani alohida ta’kidlandi. 2023-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi $14 milliardga yaqinlashdi. Yaqin yillarda tovar ayirboshlash hajmi $20 milliardga yetishi mumkin.
Konferensiya yakunida ishtirokchilar savdo va investitsiyalar, transport va kommunikatsiyalar, avtomobilsozlik, yashil iqtisodiyot, ta'lim va turizm sohalaridagi o'zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Xitoy va O'zbekistonda har yili mintaqaviy hamkorlik forumlarini o'tkazish bo'yicha takliflar bilan chiqishdi.

Powered by Froala Editor